Mahalla xalq bilan davlat oʼrtasidagi koʼprik boʼlishi kerak. Odamlarning quvonch-u tashvishidan doimo xabardor boʼlish mahallaning vazifasidir.
Sh.Mirziyoev
Yigʼilishda tuman hokimi B.Xamdamov, sektor rahbarlari, hokim oʼrinbosarlari, hamkor tashkilot rahbarlar, mahalla raislari, hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari, xotin-qizlar faollari, profilaktika inspektorlari, ijtimoiy xizmat xodimlari ishtirok etishdi.
Yigʼilishning kun tartibida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi boʼgʼin sifatida ishlashini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi PF-209-son Farmoni hamda “Oʼzbekiston mahallalari uyushmasi faoliyatini yoʼlga qoʼyish va mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirishga oid qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi PQ-402-son qarorlari ijrosini bajarish, har bir mahalla yettiligini 2024 yillik ish rejalarini belgilab olish toʼgʼrisida.
Yigʼilish davomida tuman hokimi B.Xamdamov va sektor rahbarlari tomonidan har bir mahalla yettiligini vazifalarini birma-bir toʼxtalib, mahalla yettiligi yil davomida qanday ishlarni amalga oshirish kerakligini ega-kesimi bilan tushuntirildi.
Har bir masʼulni kunlik vazifalari nazorat qilinishi, bajarilgan ishlar yuzasidan har bir mahalla oʼz hisobot berilishi yuzasidan kelishib olindi.
Yuqoridagi vazifalar yuzasidan tegishli masʼullarga topshiriqlar va koʼrsatmalar berildi.










