Respublika darajasida – respublika komissiyasi tarkibiga kiritilgan vazirlik va idoralar, Agentlik markaziy apparati hamda Agentlik huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti xodimlarihududiy darajada – hududiy komissiyalar aʼzolari hamda hududiy statistika boshqarmalari xodimlaritumanlar va shaharlar darajasida – tuman va shahar statistika boʻlimlari, tuman va shahar roʻyxatga olish boʻlimlari hamda roʻyxatga olish uchastkasi, instruktorlik va hisob uchastkalari xodimlariRoʻyxatga olish ushastkalari, instruktorlik uchastkalari va roʻyxatga oluvchi xodimlarni ushbu jarayonga tayyorlash bosqichlari

Aholini roʻyxatga olishning maqsad va vazifalari, roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazishni tartibga soluvchi asosiy normativ-huquqiy hujjatlar, roʻyxatga olish hujjatlari tarkibi va uni toʻldirish tartibi, shuningdek, roʻyxatga oluvchi xodimlarning vazifalari, axloq normalari boʻyicha mashgʻulotlar.Planshet qurilmalaridan foydalangan holda roʻyxatga olish varagʻi shakllarini toʻldirish, toʻplangan maʼlumotlarni markaziy maʼlumotlar bazasiga yuklash va ularning xavfsizligini taʼminlash boʻyicha mashgʻulotlarTexnika xavfsizligi boʻyicha mashgʻulotlarRespondentlar soʻrovini oʻtkazish, kelib chiqadigan barcha qiyinchiliklarni aniqlashtirish bilan muammoli masalalarni muhokama qilish boʻyicha amaliy mashgʻulotlarOʻqish yakunida xodimlarning bilimlarni oʻzlashtirganligi boʻyicha test sinovlarini tashkil etishOʻqish jarayonlari tugagandan soʻng xodimlarga maxsus guvohnoma, maxsus kiyim, roʻyxatga olish instrumentlari (planshet, maxsus sumka va boshqa roʻyxatga olish hujjatlari) va kanselyariya buyumlari bilan taʼminlanadi.





