O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Quyi bo‘g‘inda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 05.01.2024 yildagi PQ-5-sonli qarori ijrosini ta'minlash va suv resurslaridan tejamkorlik bilan foydalanish ishlarini ko‘zdan kechirish maqsadida Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazakov Chust tumanidagi "Damariq" kanalini bosh inshootini va 100 metr qismini rekonstruksiya va betonlashtirish ishlari borishini ko‘zdan kechirdi.
Loyiha qiymati 4,9 mlrd.so‘m bo‘lgan to‘g‘on qurish ishlarida tuproq ishlari 50%, betonlash ishlari 40 % bajarilgan bo‘lib, 3 ta ekskavator, 2 ta Avtosamasval, va 3 ta boshqa yuqori unumli texnikalar ish olib bormoqda.
Ushbu ishlarini sifatli va tezlikda yakunlash bo‘yicha mas'ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.










