Chust tuman hokimi B.Salimjonov, Namangan viloyat Tojik Milliy madaniy markazi raisi A.G‘ofurovlar tumandagi 15- sonli umumta'lim maktabga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida "Yosh kitobxon" ko‘rik tanlovi Respublika bosqichida faxrli 2-o‘rin g‘olibi 15-maktabning 9- sinf o‘quvchisi E'zoza Mansurjonova, hamda uning ustozi Hamrabaeva Feruza yutuqlari bilan tabriklab, qimmatbaho esdalik sovg‘alari topshirdi va samimiy fikrlarni bildirdi.
Tuman hokimi B.Samijonov uchrashuv vaqtida bitiruvchi o‘quvchilar bilan uchrashib, o‘quvchilarga bildirilgan fikrlari, bergan motivasiyalari barchada vatanparvarlik ruhini uyg‘otdi. O‘quvchilarda o‘ziga va atrofidagilarga bo‘lgan ishonchni oshirdi.
O‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.









