Bugun Chust tumanidagi 52-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida "Olam nurga to‘lsin, sen bilan Navro‘z" nomli bayram tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirga tuman hokimining o‘rinbosari Z. Boyboev, Maktabgacha va maktab ta'limi Chust tuman bo‘limi mudiri B. Sotimov, maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyachilar, ota-onalar, OAV vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda Navro‘z bayramini tarannum etuvchi kuy- qo‘shiqlar, yoshlarimizni milliy qadriyatlarimizga sadoqat ruhida tarbiyalashga xizmat qiluvchi sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.

Bayram tadbiri ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazildi.