Oʼzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, Yoshlar ishlari agentligi, sport vazirligi, mahallalar uyushmasi hamkorligida yoshlar oʼrtasida sportni ommalashtirish, sogʼlom turmush tarzini targʼib qilish, shuningdek, ular orasidan iqtidorlarni aniqlash va qoʼllab-quvatlash maqsadida har yili futbol va mini-futbol boʼyicha DXX raisi kubogi musobaqalari oʼtkazib kelinmoqda.

Bugun Chust tumanida "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasidagi mazkur anʼanaviy musobaqaning bu yilgi mavsumiga start berildi.

Unda 18 yoshdan 30 yoshgacha boʼlgan oʼgʼil bolalar futbol va mini-futbol, qizlar esa mini-futbol boʼyicha bellashadilar.

Ochilish marosimida sektor rahbarlari, sport maktabi, mahallalardagi yoshlar yetakchilari ishtirok etishdi.

Soʼzga chiqqanlar sport sohasidagi islohotlar, yoshlarga yaratib berilayotgan imkoniyatlar haqida toʼxtalib, ishtirokchilarga omad tilashdi.