Chust tuman hokimi tomonidan 1-sektor hududidagi Pilol mahalla yoshlari va fuqarolari qabuli o‘tkazildi.
Qabulda tuman hokimi, hududdagi mahalla yettiligi, korxona, tashkilot rahbarlari va mahallaning 20 nafardan ortiq yoshlar va fuqarolar ishtirok etishdi.
Ochiq muloqotda fuqarolar davolanish, suyultirilgan gaz balon, yo‘l, ish bilan ta'minlash, shag‘allashtirish, uy-joy, tibbiy-ijtimoiy yordam va boshqa o‘zlarini qiynayotgan masalalar bo‘yicha murojaat qilishdi.
Barcha murojaatlar tegishli tartibda ro‘yxatga olindi, 12 nafar fuqarolarning murojaatlari joyida hal etildi, ayrim murojaatlar huquqiy maslahat va tushunchalar bilan qoniqtirildi. Muddat talab etiluvchi murojaatlar esa hal etish uchun tegishli mutasaddilarga biriktirilib, nazoratga olindi.










