Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov Chust tumanidagi o‘rganishlarini markazdagi asosiy ko‘chalarda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlarini o‘rganish bilan davom ettirdi.
Chust tumanida “Jahon banki” mablag‘lari hisobidan markazdagi Charog‘on hamda Chustiy ko‘chalarini to‘la ta'mirlanishi rejalashtirilgan.
Loyiha doirasida avtomobil' yo‘li qoplamasini ta'mirlash, yo‘l chetiga lotoklar o‘rnatish, piyodalar yo‘lakchasini qurish va yo‘l belgilarini joylashtirish ishlarini bajarish uchun xalqaro tender savdolari natijasiga ko‘ra: “SINOINDUSTRIAL TASHKENT” MChJ bilan pudrat shartnomalari tuzilib, dalolatnoma asosida MChJ tasarrufiga o‘tkazib berilgan.
Viloyat rahbari mazkur qurilish loyihasi bilan batafsil tanishib, transportlar tirbandligini oldini olish, piyodalarga o‘tish joylarini tashkil etish kabi masalalar bo‘yicha topshiriq va ko‘rsatmalar berdi.









