Chust tumanida mis qazib olish loyihasini amalga oshirishga kirishilmoqda
Xabaringiz bor, bu borada Chustdagi “Alichelek” mis koniga Xitoyning yirik "China Mining ( Shanxi) Energy GroupCo.,LTD" kompaniyasi bilan 200 mln.dollarlik kelishuvga erishilgan.

Bugun Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov Chust tumani “Qoraqo‘rg‘on” mahallasi hududidagi ushbu istiqbolli mis koniga xitoylik investorlar bilan birga tashrif buyurdi.
Xitoy kompaniyasi vakillari qisqa muddatlarda geologik qidiruv ishlarini boshlashni ma’lum qilishdi. 
Chust-Baymoq yo‘li ta’mirlanmoqda
Mamlakatimiz mustaqilligining 33 yilligi oldidan Namangan viloyatida keng ko‘lamli qurilish-obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Bunda, ayniqsa, markazdan ancha olis bo‘lgan mahallalarda infratuzilmani rivojlantirish, yo‘llarni ta’mirlash masalalariga alohida e’tibor qaratilyapti.

Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov bugun Chust tumanidagi o‘rganishlari davomida “Baymoq” mahallasi hududida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishdi.

Markaz - infratuzilmaning na’munasi bo‘lishi lozim. Chustda "Dehqon bozori" atrofidagi yo‘l ham ta’mirlanyapti
Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov Chust tumanidagi o‘rganishlarini markazdagi asosiy ko‘chalarda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlarini o‘rganish bilan davom ettirdi.


“Pansada” - "Hunarmandlar mahallasi" nomiga munosib bo‘ladi
Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov bugun Chust tumanidagi “Pansada” mahallasida ham bo‘ldi.

Dastlab mahalla fuqarolar yig‘ini binosida yettilik faoliyati uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishiildi. Bu yerdagi ilg‘or tajribalarni ommalashtirish bo‘yicha mas’ullarga ko‘rsatmalar berildi.
Viloyat rahbari azaldan hunarmandlar maskani hisoblangan Chustning ushbu hududini “Hunarmandlar markazi”ga aylantirish lozimligini ta’kidlab, bu borada aniq maqsadli ish tashkil etish yuzasidan mutasaddilarga topshiriqlar berdi.






