Bosh reja loyihasini ishlab chiqishdan maqsad aholi punkti hududini aniq funksional hududlarga ajratish, ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishi, aholini uy-joy va boshqa infratuzilma ob'ektlari bilan ta'minlanganligini me'yoriy talab darajasiga olib chiqish, hududdagi aholi uchun xizmat qilish tizimini qulaylashtirish, zararli sanoat va ishlab chiqarish korxonalirini shahar hududidan chiqarib, ularni o‘rniga zamon talablariga mos, ekologik toza ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalarni joylashtirish bilan atrof-muhitni tozalash va boshqa jarayonlardan iborat.

Bosh rejaning asosiy yechimlari, shaharcha hududini ixcham, har tomonlama qulay aholi punktiga aylantirish. Shu maqsad yo‘lida, loyihachilar tomonidan quyidagi ishlar bajarildi:
1. Shaharcha hududining barcha tizimlarini mujassam tarzda shakllantirib, ularning bir birlari bilan qulay tarzda bog‘lash.2. Uy-joy hududlarini tartibga solish, yakka tartibdagi turar-joy hududlarini ijtimoiy soha hamda infratuzilma ob'ektlari bilan tizimli bog‘lash. 3. Funksional hududlashtirishda aniqlik va qulaylikka erishish.4. Funksional hududlarda xizmat ko‘rsatish ob'ektlarini qulay qilib joylashtirish va ular orasidagi piyoda va transport bog‘liqlikni qulay tarzda shakllantirish. 5. Mavjud hududlarni yangi shakllantirilayotgan hududlar bilan bog‘lashda, aholi uchun kam xarajatli yo‘llarni topish, shu ikkala hududlarni bir xil rivojlanishi, orasidagi tafovutni qisqartirish va bir-biriga uyg‘unlashtirish.

Loyiha, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, boshqa normativ-xuquqiy hujjatlarga muvofiqdir.

Ushbu loyihani hayotga tadbiq etish, undan samarali foydalanish maqsadida qullab quvatlagan holda, o'z fikr mulohazalaringizni bildirishingiz so'raladi.





