O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  farmonida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida Chust tuman adliya bo'limi xodimlari hamda “Madad” NNT xodimlari tomonidan tumandagi “Ko‘cha”MFY da jismoniy va yuridik shaxslarning muammolarini o‘rganish yuzasidan 30 dan ortiq xonadonlarda uyma-uy yurish tadbirlari amalga oshirildi.

Uyma-uy yurish tadbirida fuqarolardan turli sohalarga oid murojaatlar kelib tushdi. Aksariyat murojaatlarga joyida huquqiy tushuntirishlar berildi. Bundan tashqari, tashrif buyurganlarga DXM xodimlari tomonidan fuqarolarga sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatilib fuqarolarning muammolari hal qilindi.