O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari to‘g‘risidagi yagona nizomni tasdiqlash to’g’risida”gi 2022-yil 22-fevraldagi dagi 86-sonli qaroriga asosan 15 kun etib belgilangan
Adliya vazirligi tashabbusi bilan kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, avtotransport vositalarini qayta jihozlash uchun ruxsatnoma berish muddati 15 kundan 10 kungacha qisqartirilmoqda, ya’ni transport vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish muddatiga moslashtirilmoqda.
Avtomobil qayta jihozlangan deb tan olinadigan o‘zgarishlar ro‘yxati ham kengaymoqda — 58 tadan 241 tagacha. Ilgari ayrim hollarda, masalan, yuk mashinasini maishiy chiqindilarni tashish mashinasiga aylantirish uchun qayta jihozlashga qonuniy asos bo‘lmagani bois bu harakatlar taqiqlangan edi. Hozir bu ro‘yxat sezilarli darajada kengaymoqda, ya’ni qonunchilik bazasi yaratilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avtomashinani qayta jihozlashga ruxsat berish haqidagi arizani ko‘rib chiqish uchun BHMning 30 foizi (102 ming so‘m) miqdorida yig‘im undiriladi.
O‘lchami katta va og‘ir yuklarni tashishga ruxsat berish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish muddati 8 ish kunidan 2 ish kunigacha qisqartirilmoqda.
Bundan tashqari, avtotransport vositasini boshqarish huquqiga ishonchnoma elektron shaklda rasmiylashtirilganda egasining qarzdorligi Majburiy ijro byurosining ma’lumotlar bazasi orqali avtomatik tarzda tekshiriladi.
Chust tuman Davlat xizmatlari xodimi : Xalilov Abduvahob Sharifjon o'g'li





