Chust tumani hokimligi, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi, Nogironlar jamiyati bilan hamkorlikda 3-dekabr - Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan 300 nafardan ortiq imkoniyati cheklanganlar uchun tadbir tashkillandi.

Unda tuman hokimi B.Salimjonov mamlakatimizda imkoniyati cheklanganlar uchun qaratilayotgan e’tibor, ularga  yaratilayotgan keng imkoniyatlar, imtiyozlar to‘g‘risida to‘xtalib o‘tdi va tadbir sababchilariga ezgu tilaklarini izhor etdi.

Bayram tadbirida ishtirokchilariga tuman hokimligi tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi, nogironligi bor baynalmilalchi jangchilarga ehtirom ko‘rsatildi.

Tadbirda tuman hokimi, sektor rahbarlari, tuman hokimining o‘rinbosarlari, Nuroniylar kengashi tuman rahbari va tegishli mutasaddi tashkilotlar ishtirok etdi.

Madaniyat xodimlari tomonidan ijro etilgan sho‘x kuy-qo‘shiqlar tadbir sababchilariga ko‘tarinkilik baxsh etdi.