O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yillik ayyomi Chust tumanida ham keng nishonlandi.

Bayram tadbirini tuman hokimi B.Salimjonov ochib, Davlat rahbari boshchiligida yurtimizda amalga oshirilayotgan ulkan islohotlar, yangi tahrirdagi Konstitutsiya bilan belgilab qo‘yilgan huquqlarimiz haqida so‘zladi.

Shuningdek, “Islohot – islohot uchun emas, inson uchun” tamoyili asosida O‘zbekiston Konstitutsiyasiga o‘zgarish va yangilanishlar kiritilgani va bular barchasi Xalqimiz farovonligi, yurtimiz tinchligi uchun ekanligi alohida qayd etildi.

Chust tumani Madaniyat bo‘limi tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar, estrada xonandalari hamda yosh ijrochilarning kuy-qo‘shiq va raqslari tadbirga o‘zgacha chiroy baxsh etdi.

Bayram tadbirlari davom etmoqda...