O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-apreldagi PQ-153 sonli Qarori qabul qilindi. 2024-yilda Chust tumani hokimligi zaxirasidagi 486 gektar yer maydoni elektron onlayn-auksion savdolariga qo‘yilib, 30 yil muddatga 1 523 nafar yoshlarga 482 gektar yer maydolarini “e-auksion.uz” platformasi orqali ijaraga beriladi.

Shuningdek, “bir massiv - bir mahsulot” tamoyili asosida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishdan sotishgacha bo‘lgan zanjirni qamrab oluvchi yangi tizim joriy etiladi.
Qarorga muvofiq:
- yer maydonini ijaraga berish bo‘yicha elektron onlayn auksion savdolari “e-auksion” elektron savdo platformasi orqali “mahalla yettiligi” ning tavsiyasi bilan shakllantiriladigan ro‘yxatga kiritilgan yoshlar o‘rtasida o‘tkaziladi;
- yer maydonlarini ijaraga berish bo‘yicha elektron onlayn-auksion savdolari g‘oliblariga yer uchastkasi narxini 10 yil muddatga teng ulushlarda foizsiz bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat beriladi;
-zakalat puli bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari miqdorida belgilangan.
Bunda, elektron onlayn auksion savdolarida 1 nafar talabgor ishtirok etgan taqdirda, istisno tariqasida, auksion o‘tkazilgan hisoblanadi hamda ushbu imtiyozli shartlar asosida o‘tkaziladigan auksion savdolarida yoshlarga yer maydonini faqat bir marotaba ijaraga olishga ruxsat beriladi.





