Aholini ro‘yxatga olish sohasini davlat tomonidan tartibga solish:

Aholini ro‘yxatga olish sohasini davlat tomonidan tartibga solish O‘zR VM, O‘zRda Aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazishga ko‘maklashish bo‘yicha respublika komissiyasi, aholini ro‘yxatga olish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan o‘z vakolatlariga muvofiq amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining aholini ro‘yxatga olish sohasidagi vakolatlari:

Aholini ro‘yxatga olish sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlaydi;

Aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish tartibini, aholini ro‘yxatga olish dasturini hamda ro‘yxatga olish varag‘ining shakllarini tasdiqlaydi;

Aholini ro‘yxatga olishning yakuniy ma’lumotlaridan foydalanish tartibini belgilaydi;

Davlat boshqaruvi organlarining va mahalliy davlat hokimiyati organlarining aholini ro‘yxatga olish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi;

Aholini ro‘yxatga olishga jismoniy va yuridik shaxlarni jalb etish va haq to‘lash tartibini belgilaydi.  

O‘zbekiston Respublikasida Aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazishga ko‘maklashish bo‘yicha respublika komissiyasi:

Aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq chora-tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini hamda jarayonlarning muvofiqlashtirilishi va manitoringini amalga oshiradi;

Aholini ro‘yxatga olish natijalarini tahlilini o‘tkazadi;

Aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishni moliyalashtirish, Aholini ro‘yxatga olish materiallariga ishlov berishni tashkil etish va uning yakuniy natijalarini e’lon qilish masalalariga doir takliflarni ko‘rib chiqadi;

Aholini ro‘yxatga olishga jismoniy va yuridik shaxslarni jalb qilish va ishiga haq to‘lashni tashkil qiladi;

Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilishni amalga oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;

Respublika komissisini shakllantirish va uning faoliyatini tashkil etish tartibi O‘zbekiston Respblikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi, Statistika agentligi respublika komissiyasining ishchi organidir. 

Aholini ro‘yxatga olish sohasida maxsus vakolatli davlat organi:

Ro‘yxatga olish hujjatlari shakllarini, ro‘yxatga oluvchi xodimlar guvohnomasi shaklini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;

Aholini ro‘yxatga olish dasturi va ro‘yxatga olish hujjatlarini ishlab chiqadi;

Ro‘yxatga olish varaqlari tayyorlanishini va hududlarga yetkazilishini ta’minlaydi;

Aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish to‘g‘risida aholini xabardor qilishga doir ishlarni muvofiqlashtiradi;

Ro‘yxatga oluvchi xodimlarni tanlab olish va o‘qitish tartibini, shuningdek shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berish tartibini belgilaydi va ishlov beradi;

Ro‘yxatga olish varag‘i va boshqa hujjatlarni saqlanishi va yo‘q qilinishini tartibini belgilaydi.