Avval xabar berganimizdek, bugun Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov boshchiligidagi Ishchi guruhi Chust tumanida bo‘lib, qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan bahorgi yumushlar,  tomorqadan foydalanish madaniyati, oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash borasidagi ishlar bilan yaqindan tanishmoqda.

"O‘zbekiston"  MMTP hududida amaliy ishlarning natijasi bo‘y ko‘rsatganiga guvoh bo‘lindi: "Shams nurlari" fermer xo‘jaligida 12 gektar yerga ekilgan chigit bexato unib chiqdi.

"Bugun dehqonning ko‘zidan uyqu qochgan payt. Chigitni tezroq ekib,  undirib olish payida. Qishloq xo‘jaligi sohasi mutasaddilari unga amaliy yordam ko‘rsatishi, dalda bo‘lishi kerak"- deb ta'kidladi Shavkatjon Abdurazzoqov.

Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov boshchiligidagi Ishchi guruhi Chust tumanida qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan bahorgi yumushlar,  tomorqadan foydalanish madaniyati, oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash borasidagi ishlarni o‘rganish davomida  "Rezaksoy"  mahallasida bo‘ldi. 

Mahallada 786 ta xonadonda 3215 nafar fuqarolar istiqomat qiladi. Tomorqa maydoni 96.4 gektar. Mahallaning drayveri kartoshka, yeryong‘oq, chorvachilik va bog‘dorchilik. Yiliga o‘rtacha 2-3 marotaba hosil oladilar. 

Ishchi guruhi harakatlanayotgan avtobus birinchi duch kelgan xovli oldida to‘xtadi.

Viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov G‘iyosjon Abduvaliev xonadonida bo‘lib, tomorqadan foydalanishning holati bilan tanishdi. Har qarich yerdan samarali foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berdi.

O‘rganishlar davom etmoqda.

Tadbirkorlikka hech qanday to‘siq qolmasligi kerak

Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash orqali aholi bandligini ta'minlash va daromadli mehnatga jalb qilish bo‘yicha Chustlik tadbirkorlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tmoqda.

Ochiq muloqot shaqlida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda bank mijozlari faoliyatlarini rivojlantirish, ko‘proq va yaxshi ish o‘rinlari yaratish, yangi loyihalar uchun kreditlar ajratilishi, imtiyozli kreditlardan qanday foydalanish, kredit to‘lovlari, bank va mijozlar masalalari o‘rtaga tashlandi.

Uchrashuvda Respublika Mikrokredit bank boshqaruv raisi Bo‘taev Orif Aliboevich hamda Respublika Turonbank boshqaruv raisi Mirzaev Chori Sadivaqosovich, tuman hokimi o‘rinbosarlari, 200 nafardan ortiq tadbirkorlar va OAVlari ishtirok etmoqda.

Chust tuman Madaniyat markazi binosida Chust tuman hokimi hamda Respublika Agrobank raisi Mamatqulov Rustam O‘ktamovich tumandagi 300 yaqin tadbirkorlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda tadbirkorlarni qiynab kelayotgan muammolari va takliflari birma-bir tinglab, yechimi bo‘yicha mas’ullarga topshiriq va ko‘rsatmalar bermoqda.

2023- yil yakunlariga ko‘ra, Namangan viloyatida tashish va saqlash, axborot va aloqa xizmatlar sohasida 2 553,0 mlrd. so‘m miqdorda qo‘shilgan qiymat yaratilgan bo‘lib, bu korsatkich o‘tgan yilga nisbatan 15,1 % ga yuqoridir.