O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-apreldagi PQ-153 sonli Qarori qabul qilindi. 2024-yilda Chust tumani hokimligi zaxirasidagi 486 gektar yer maydoni elektron onlayn-auksion savdolariga qo‘yilib, 30 yil muddatga 1 523 nafar yoshlarga 482 gektar yer maydolarini “e-auksion.uz” platformasi orqali ijaraga beriladi.

Yangi yil bo‘sag‘asida turibmiz. Bayramni to‘kin dasturxon va bolalarga sovg‘a-salomlarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Shuning uchun ham bozorlarda arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari tashkil etilib, aholi kayfiyatiga ijobiy taʼsir etishi maqsad qilinadi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a’zo davlatlar har 10 yilda aholini ro‘yxatdan o‘tkazishlari orqali aholi soni, yoshi, jinsi, ma’lumoti, ish joyi, millati, shuningdek, turar-joyi va yashash sharoitlari kabi savollarga javob berishi kerak bo‘ladi. Aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish ishlari keng qamrovli tadbir bo‘lib, ketma-ket hamda bir vaqtning o‘zida tegishli tadbirlarni amalga oshirish mumkin bo‘lgan bosqichlarni o‘z ichiga oladi. 

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yillik ayyomi Chust tumanida ham keng nishonlandi.