Xabaringiz bor, Davlatimiz rahbari topshirig‘iga asosan "Obod xonadon, obod ko‘cha, obod mahalla" mezonlarini joriy qilish,  mahallaning infratuzilmasini yaxshilash borasida keng ko‘lamdagi amaliy ishlar olib borilmoqda.

Chust tumanidagi "Mustaqillik"  mahallasi dasturga tushgan bo‘lib, dastur ijrosini ta'minlash maqsadida ishlar boshlangan. 

Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov mazkur mahallada ham bo‘ldi.

Shu yerda dastur doirasida bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar yuzasidan mas'ullarga topshiriqlar berildi.

Chust tuman hokimi tomonidan 1-sektor hududidagi Pilol mahalla yoshlari va fuqarolari qabuli o‘tkazildi.

Qabulda tuman hokimi, hududdagi mahalla yettiligi, korxona, tashkilot rahbarlari va mahallaning 20 nafardan ortiq  yoshlar va fuqarolar ishtirok etishdi.

Ochiq muloqotda fuqarolar davolanish, suyultirilgan gaz balon, yo‘l, ish bilan ta'minlash, shag‘allashtirish, uy-joy, tibbiy-ijtimoiy yordam va boshqa o‘zlarini qiynayotgan masalalar bo‘yicha murojaat qilishdi.

Barcha murojaatlar tegishli tartibda ro‘yxatga olindi, 12 nafar fuqarolarning murojaatlari joyida hal etildi, ayrim murojaatlar huquqiy maslahat va tushunchalar bilan qoniqtirildi. Muddat talab etiluvchi murojaatlar esa hal etish uchun tegishli mutasaddilarga biriktirilib, nazoratga olindi.

Oʼzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, Yoshlar ishlari agentligi, sport vazirligi, mahallalar uyushmasi hamkorligida yoshlar oʼrtasida sportni ommalashtirish, sogʼlom turmush tarzini targʼib qilish, shuningdek, ular orasidan iqtidorlarni aniqlash va qoʼllab-quvatlash maqsadida har yili futbol va mini-futbol boʼyicha DXX raisi kubogi musobaqalari oʼtkazib kelinmoqda.

Bugun Chust tumanida "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasidagi mazkur anʼanaviy musobaqaning bu yilgi mavsumiga start berildi.

Unda 18 yoshdan 30 yoshgacha boʼlgan oʼgʼil bolalar futbol va mini-futbol, qizlar esa mini-futbol boʼyicha bellashadilar.

Ochilish marosimida sektor rahbarlari, sport maktabi, mahallalardagi yoshlar yetakchilari ishtirok etishdi.

Soʼzga chiqqanlar sport sohasidagi islohotlar, yoshlarga yaratib berilayotgan imkoniyatlar haqida toʼxtalib, ishtirokchilarga omad tilashdi.

Chust shahar Charogʼon koʼchasining Soʼfizoda hamda Chustiy koʼchalari kesishmasidan Jar koʼchasi burilishigacha 4K 462V Kamarsada bogʼiga (0-2km) avtomobil yoʼlining 1-2kmlari, 4K 462А "Gʼova qishlogʼiga" avtomobilь yoʼlining 0-1km Chustiy koʼchasining Ipak yoʼli koʼchasi bilan kesishmasi va Soʼfizoda koʼchasining Olmos koʼchasi bilan kesishmalari oraligʼi, shuningdek, ushbu yoʼlda kirish va chiqish koʼchalari toʼsilib, avtotransport harakati 2024 yil 15 apreldan yoʼl qurilish-taʼmirlash ishlari jarayoni yakunlangunga qadar vaqtincha muddatga cheklanadi.

Xotin-qizlar bandligi oilaviy muammolar oldini olishda muhim ahamiyatga ega.  Viloyat hokimi Chust tumanida fuqarolar murojaatlarini tingladi.

Bugun Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov Chust tumanidagi o‘rganishlari davomida G‘ova qishlog‘idagi 72-sonli maktab hovlisida tuman prokuraturasi tashabbusi bilan tashkil etilgan "Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi"  bilan tanishdi.

Shu joyda viloyat rahbari fuqarolarning murojaatlarini tingladi.

G‘ova qishlog‘idagi mahallalardan kelgan 55 nafar xotin-qizlarning ishga joylashish, kredit hamda subsidiya olish, xorijda sarson bo‘lib yurgan farzandini qaytarish kabi masalalari o‘rganilib,  aksariyati shu joyning o‘zida hal etildi.