Aholini ro‘yxatga olish sohasini davlat tomonidan tartibga solish:

Aholini ro‘yxatga olish sohasini davlat tomonidan tartibga solish O‘zR VM, O‘zRda Aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazishga ko‘maklashish bo‘yicha respublika komissiyasi, Aholini ro‘yxatga olish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan o‘z vakolatlariga muvofiq amalga oshiriladi.

Chust  tumani fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi Rayosati a’zolarining fermer, dehqon xo‘jaliklari

va tomorqa yer egalariga

MUROJAATI

 

Qadrli yurtdoshlar!

Hurmatli dehqon va fermerlar hamda tomorqa yer egalari!

Keyingi yillarda yer yuzida ro‘y berayotgan iqlim o‘zgarishlari, tabiiy ofatlar va qurg‘oqchilik kabi holatlar oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirishni qiyinlashtiryapti. Albatta, bu holat bizga ham o‘zining salbiy ta’sirini ko‘rsatmoqda.

Ana shunday holatlarning oldini olish maqsadida mamlakatimizda so‘nggi yillarda Siz, fermer, dehqon xo‘jaliklari      va tomorqa yer egalariga Prezidentimiz tomonidan ko‘plab Farmon        va qarorlar qabul qilinib, buning natijasida joylarda ulkan yutuqlarga erishildi.

Jumladan, agrar tarmoqda ishlab chiqarish hajmi ikki barobar oshdi. Shuningdek, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy holatini barqaror rivojlantirish, fuqarolarning sog‘ligi va hayotini yaxshilashning asosiy yo‘nalishlaridan biriga aylandi.

Yangi O‘zbekistonning 2022 — 2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasida ham ushbu sohani keyingi 5 yillikda jadal rivojlantirish istiqbollari belgilab berildi. Qishloq xo‘jaligini ilmiy asosda intensiv rivojlantirish orqali dehqon va fermerlar daromadini kamida 2 baravar oshirish, qishloq xo‘jaligining yillik o‘sishini kamida 5 foizga yetkazish vazifasi mustahkamlandi.

Aslida buning zamirida Siz va bizning fidoyiligimiz orqali mamlakatimizning iqtisodiyotiga hissa qo‘shishdir. Shu muqaddas zaminda tavallud va tarbiya topgan, o‘zini aynan shu yurt farzandi      deb bilguvchi inson o‘z davlati, xalqi oldidagi, uni umidlar bilan tarbiyalagan, voyaga yetkazgan jamiyat oldidagi burchini ado etishi kerakdir.

Himmati baland dehqon va fermerlar hamda tomorqa yer egalari!

Mamlakatimiz aholisini yil o‘n ikki oy vitaminga boy qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan ta’minlash, xalqimiz dasturxoniga yetkazish, bozorlarimizda narx-navo oshib ketishining oldini olish     eng asosiy vazifamiz ekanligini unutmasligimiz zarur.

Xalqimizda “To‘qsonda sug‘orsang, to‘qson botmon hosil olasan”, degan purma’no naql bor. Bunda qishning to‘qson kuni nazarda tutilgan. Bu naql bejiz aytilmagan, negaki mutaxassislarning ta’kidlashicha, kuzda ekilib, qor ostida qoldirilgan sabzavot ekinlari urug‘lari erta ko‘klamda yerdan juda barvaqt unib chiqib, tez rivojlanishi hisobiga erta hosil beradi. Erta bahorda esa mahsulotning bozori chaqqon bo‘lishi sir emas.

Dehqonchilikning to‘qsonbosti usuli yaxshigina daromad manbai bo‘lish bilan birga, aholining ertangi sabzavot mahsulotlariga bo‘lgan talabini qondirish imkonini beradi. Natijada qish va bahor oylarida ham bozorlarimiz to‘kin-sochin, narx-navo barqaror bo‘ladi.

Keling, bugundan mas’uliyatimizni yanada oshirib, 2025 yil hosili uchun 8 219 gektar maydonlarda piyoz,sarimsoqpiyoz va to‘qsonbosti ekinlarini o‘z vaqtida ekishni tashkil etaylik.

Mirishkor fermerlar!

Keyingi yillarda mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarimizda asosiy e’tiborni suv va yer resurslaridan oqilona foydalanish, ishlab chiqarishga zamonaviy texnologiyalarni faol joriy etish, xo‘jalik            va korxonalarning moddiy-texnik bazasi va kadrlar salohiyatini mustahkamlash, eng muhimi, biz fermerlarning og‘irini yengil qilishga qaratilmoqda.

Ushbu imkoniyatlarni his qilib, 2 542 gektar bog‘-tok orasiga hamda bo‘sh turgan maydonlarga piyoz, sarimsoqpiyoz va to‘qsonbosti ekinlarini ekib, mamlakatimiz aholisini arzon mahsulotlar bilan ta’minlashga o‘z hissangizni qo‘shing hamda mahsulotiningizni eksport qilib, hisob raqamingizda valyuta tushumini qiling!

Aziz dehqonlar

Prezidentimizning 2021-2023 yillardagi qarorlarida asosida tumanimizda  fermer xo‘jaliklari va klasterlar foydalanishdagi paxta va g‘alladan qisqartirilgan  1 562 gektar ekin maydonlarini Siz dehqonlarga 10-sotixdan 1 gektargacha qilib bo‘lib berildi.

Aynan ushbu maydonlar Sizlarga bejizga ajratib berilmaganligini isbotlash vaqti keldi.

 

Keling, Sizlar ham o‘zlaringizga yuklatilgan majburiyatlarni yurakdan his qilib, 664 gektar maydonga piyoz, sarimsoqpiyoz va to‘qsonbosti ekinlarini ekib, 2-3 marta hosil olish tizimini yilga qo‘ying, buning hisobiga gektaridan 80-100 mln so‘mgacha daromad oling!

“Bir kontur - bir dala” tamoyili asosida mahsulot yetishtirib, sarflagan urug‘liklar va ko‘chatlar uchun “Yoshlar ishlari agentligidan” subsidiya mablag‘lari oling!

Kooperatsiyalar tashkil etib, mahsulotlaringizni eksportga chiqarib, qo‘shimcha daromad olishga erishing!

Hurmatli tomorqa yer egalari,

Yurtimizning barcha hududida mehnatidan baraka topayotgan tajribali tomorqa yer egalari va fidoyi dehqonlar ko‘pchilikni tashkil etadi.

Tomorqa har bir oilaning bamisoli xazina manbai. Ayni vaqtda tumanimizda 55,1 mingdan ortiq tomorqa yer egalari 4 911 gektar unumdor ekin maydonida mehnat qilmoqdasizlar.

Serhosil yerimiz, daromad olishga tomorqamiz bor ekan, doimo undan unumli foydalanish, xonadonlarimizni obod, yashash sharoitimizni namunali tarzga keltirish payida bo‘laylik. Bu kabi tartib-taomil asosida ulg‘aygan farzandlarimiz ham yaxshi yashashga intilib, o‘z kelajagi uchun astoydil harakat qiladi.

Ko‘pni ko‘rgan, tajribali dehqonlarimiz fasllar almashayotgan, ushbu betakror kuz pallasida qanday yumushlarni bajarish zarurligini juda yaxshi bilamiz. Tabiat injiqliklari bilan kurashaverib toblangan dehqonlarimiz ayni kunlarda har bir daqiqani g‘animat bilib, undan unumli foydalanaylik.

Tuman bo‘yicha 4 125 gektar tomorqangizga piyoz, sarimsoqpiyoz va to‘qsonbosti ekinlarini ekib, qo‘shimcha daromadga ega bo‘ling!

Aziz mirishkor dehqon va  fermerlar hamda tomorqa yer egalari,

Quyidagi tadbirlarni og‘ishmay amalga oshiring!

birinchidan, ayni damlarda bog‘-tok orasini, ajratib berilgan maydonimizni hamda o‘z hovlimiz, tomorqalarimizni tartibga keltirishimiz juda muhim. Mevali daraxtlarga, ekinlarga turli zararkunandalarga qarshi ishlov berishni o‘z vaqtida bajaring;

ikkinchidan, kuz oyining qulay ob-havosida qisqa muddatlarda bir qarich ham yerimizni bo‘sh qoldirmaslik uchun qisqa muddatda haydovni yakunlang;

uchinchidan, kuzda sovuq va namgarchilik boshlanmasdan oldin to‘qsonbosti usulida ekish uchun sovuqqa chidamli sabzavot ekinlaridan sabzi, piyoz, osh lavlagi, karam, ko‘kat sabzavotlar (ismaloq, ukrop, petrushka, selderey, kashnich, salat) ekinlarining urug‘lari sepib ekib bo‘ling;

to‘rtinchidan, “Tomorqa – daromad manbai” shiori ostida har bir mahallarda sarimsoqpiyoz va to‘qsonbosti ekinlar ekishni tashkil eting;

beshinchidan, “Bir kontur – bir mahsulot” hamda “Bir mahalla – bir mahsulot” tamoyillari asosida sarimsoqpiyoz va to‘qsonbosti ekinlarini eking.

Aziz yurtdoshlar, hurmatli dehqon va fermerlar hamda tomorqa yer egalari dalalarimizda va tomorqalarimizda yetishtirilayotgan sabzavot va poliz hamda to‘qsonbosti mahsulotlari bilan xalqimiz dasturxoni to‘kin, hayoti farovon, bozorlarimizda arzonchilik bo‘lishini ta’minlash har birimizning insoniylik burchimizdir! Barchani bu burchni sof vijdon bilan ado etishga chaqiramiz!

 

 

Chust  tumani fermer, dehqon xo‘jaliklari

va tomorqa yer egalari kengashi Rayosat a’zolari

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  “Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari to‘g‘risidagi yagona nizomni tasdiqlash to’g’risida”gi 2022-yil 22-fevraldagi dagi 86-sonli qaroriga asosan 15 kun etib belgilangan

Adliya vazirligi tashabbusi bilan kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, avtotransport vositalarini qayta jihozlash uchun ruxsatnoma berish muddati 15 kundan 10 kungacha qisqartirilmoqda, ya’ni transport vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish muddatiga moslashtirilmoqda.

Avtomobil qayta jihozlangan deb tan olinadigan o‘zgarishlar ro‘yxati ham kengaymoqda — 58 tadan 241 tagacha. Ilgari ayrim hollarda, masalan, yuk mashinasini maishiy chiqindilarni tashish mashinasiga aylantirish uchun qayta jihozlashga qonuniy asos bo‘lmagani bois bu harakatlar taqiqlangan edi. Hozir bu ro‘yxat sezilarli darajada kengaymoqda, ya’ni qonunchilik bazasi yaratilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avtomashinani qayta jihozlashga ruxsat berish haqidagi arizani ko‘rib chiqish uchun BHMning 30 foizi (102 ming so‘m) miqdorida yig‘im undiriladi.

O‘lchami katta va og‘ir yuklarni tashishga ruxsat berish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish muddati 8 ish kunidan 2 ish kunigacha qisqartirilmoqda.

Bundan tashqari, avtotransport vositasini boshqarish huquqiga ishonchnoma elektron shaklda rasmiylashtirilganda egasining qarzdorligi Majburiy ijro byurosining ma’lumotlar bazasi orqali avtomatik tarzda tekshiriladi.

             Chust tuman Davlat xizmatlari xodimi :                      Xalilov Abduvahob Sharifjon o'g'li

Odamlar hisobini yuritish amaliyoti ilk bor miloddan avvalgi 3-ming yillikdan boshlangan. Bu jarayon dastlab Osiyo va Afrika davlatlari, Misr, Mesopotamiya, Hindiston, Xitoy va Yaponiyani qamrab olgan. Bu islohotdan ko‘zlangan maqsad soliq to‘lovchilar va askarlikka yaroqli aholi sonini aniqlash bo‘lgan. Ilk o‘rta asrlarda mazkur tartibot birmuncha takomillashgan. Aholini hisobga olish elementlari xo‘jaliklarning yozma kitoblar, kadastrlardagi tavsiflari bilan uyg‘unlashgan. Ularda odamlar yoki oilalar emas, balki uy-joy kabi soliqqa tortish birliklari birinchi o‘ringa qo‘yilgan. 

Finlyandiyada XVI asrning o‘zidanoq aholi soni ro‘yxatini olib borishni boshlashgan. Davlatning maqsadi birinchi o‘rinda soliqqa tortish va harbiy xizmatga chaqirish bilan bog‘liq bo‘lgan. O‘sha davrda Shvetsiya, o‘zining sharqiy qismi bo‘lgan Finlyandiyani qo‘shganda ham aholisi kam, kambag‘al davlat edi. Shu sababli ham yirik - yirik ma’muriy apparat va armiyani saqlab turish uchun harbiy xizmatga majbur bo‘lgan va soliqqa tortiladigan aholi va uning mulki to‘g‘risidagi ma’lumotlarga ega bo‘lish lozim edi.

Aholini ro‘yxatida joylashgan va butun Finlyandiyani o‘z ichiga olgan axborot tarkibi o‘zining keng qamrovli ekanligi bilan ajralib turadi. Axborot bazasi mamlakatning har bir fuqarosi haqidagi aniq va e’tiborga loyiq ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Fuqaro to‘g‘risidagi eng muhim ma’lumot uning ismi va familiyasi, tug‘ilgan joyi va sanasi, hamda fuqaroligidir. Shuningdek, fuqaroning oilaviy ahvoli (turmush o‘rtog‘i, farzandlari va ota-onasi) va yashash joyi to‘g‘risidagi ma’lumot ham muhimdir.

XVIII asr o‘rtalaridan aholini o‘rganishga qiziqish ortadi. Avstriya, Gollandiya, Daniya, Ispaniya, Yaponiya, Amerikada odamlar hisobini yuritishga kirishiladi. Biroq bu hisob-kitoblar butun boshli aholini qamrab ololmagan.

Aholini universal ro‘yxatga olish 1665- yilda Yangi Fransiya (Kvebek) koloniyasida bo‘lib o‘tdi. AQSh da 1790- yilda to‘liq aholini ro‘yxatga olish ishlari olib borildi. O‘shanda o‘n etti nafar politsiya xodimi mamlakat bo‘ylab sayohat qilib, xonadonma-xonadon yurib, oltita savolga javob to‘plashdi: uy egasining to‘liq nomi, o‘n olti yosh va undan katta yoshdagi ozod oq tanli erkaklar soni, o‘n olti yoshdan kichik bo‘lgan ozod oq tanli erkaklar soni, ozod oq tanli ayollar soni, boshqa ozod shaxslar soni, qullar soni.O‘ttiz yil o‘tgach, Italiya, Ispaniya, Angliya, Irlandiya, Avstriya, Fransiyada ro‘yxatga olish vaqti keldi. 1851- yilda Xitoyda, keyin Yaponiyada (1871) va nihoyat Rossiyada aholi ro‘yxatga olindi.

Zamonaviy bosqich XX asrning o‘rtalaridan boshlandi. Bir qator Osiyo mamlakatlarida, shuningdek, Afrikada aholini ro‘yxatga olish o‘tkazildi. Bu yangi mustaqil davlatlar paydo bo‘lishi bilan bog‘liq edi. O‘tgan asrning 70- yillarda Yaman, BAA, Saudiya Arabistoni kabi mamlakatlarda birinchi marotaba aholini ro‘yxatga olish o‘tkazildi. XX asrning oxiriga kelib, aholini ro‘yxatga olish dunyoning deyarli barcha hududini qamrab oldi.

Dunyodagi har bir mamlakat, o‘zining aholisi va uning yashash holati bo‘yicha ishonchli ma’lumotga ega bo‘lish maqsadida muntazam ravishda aholini ro‘yxatga oladi. Ko‘pchilik mamlakatlarda aholini ro‘yxatga olish har besh yoki o‘n yilda amalga oshiriladi.

Hozir jahonning ko‘plab rivojlangan davlatlarida aholi o‘rtacha har o‘n yilda kamida bir marta ro‘yxatdan o‘tkazilmoqda. Xalqaro amaliyot shunday! Bizda-chi? O‘zbekiston hududida ilk bor aholini ro‘yxatga olish tadbiri 1897- yilda amalga oshirilgan. Shundan so‘ng 1926, 1939, 1959, 1970, 1980- yillarda aholi ro‘yxatga olingan. Ushbu tadbir so‘nggi bor 1989- yilda o‘tkazilib, o‘sha paytda respublikamiz aholisi 19,7 million kishini tashkil etgan.