Chust tumanida mis qazib olish loyihasini amalga oshirishga kirishilmoqda

Xabaringiz bor, bu borada Chustdagi “Alichelek” mis koniga Xitoyning yirik "China Mining ( Shanxi) Energy GroupCo.,LTD"  kompaniyasi bilan 200 mln.dollarlik kelishuvga erishilgan.

Bugun Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov Chust tumani “Qoraqo‘rg‘on” mahallasi hududidagi ushbu istiqbolli mis koniga xitoylik investorlar bilan birga tashrif buyurdi.

Xitoy kompaniyasi vakillari qisqa muddatlarda geologik qidiruv ishlarini boshlashni ma’lum qilishdi. 

Chust-Baymoq yo‘li ta’mirlanmoqda

 

Mamlakatimiz mustaqilligining 33 yilligi oldidan Namangan viloyatida keng ko‘lamli qurilish-obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Bunda, ayniqsa, markazdan ancha olis bo‘lgan mahallalarda infratuzilmani rivojlantirish, yo‘llarni ta’mirlash masalalariga alohida e’tibor qaratilyapti.

Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov bugun Chust tumanidagi o‘rganishlari davomida “Baymoq” mahallasi hududida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishdi.

Markaz - infratuzilmaning na’munasi bo‘lishi lozim. Chustda "Dehqon bozori"  atrofidagi yo‘l ham ta’mirlanyapti

Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov Chust tumanidagi o‘rganishlarini markazdagi asosiy ko‘chalarda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlarini o‘rganish bilan davom ettirdi.

“Pansada” - "Hunarmandlar mahallasi" nomiga munosib bo‘ladi

 

Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov bugun  Chust tumanidagi “Pansada” mahallasida ham bo‘ldi.

Dastlab mahalla fuqarolar yig‘ini binosida yettilik faoliyati uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishiildi. Bu yerdagi ilg‘or tajribalarni ommalashtirish bo‘yicha mas’ullarga ko‘rsatmalar berildi.

Viloyat rahbari azaldan hunarmandlar maskani hisoblangan Chustning ushbu hududini “Hunarmandlar markazi”ga aylantirish lozimligini ta’kidlab, bu borada aniq maqsadli ish tashkil etish yuzasidan mutasaddilarga topshiriqlar berdi.

Insonlar nega qaysidir vaziyatni suratga muhirlaydi? Suratlar aynan biror voqea yoki lahzani xotira sifatida saqlash yoki biror bir hodisa tafsilotini boshqalarga yetkazish uchun kerak, shunday emasmi?

Aholini ro‘yxatga olish ham huddi suratga tushishdek gap, faqat bunda davlatning ma’lum davrdagi demografik holati faktlashtiriladi. Ko‘pchilik mamlakatlarda har 10 yilda aholini ro‘yxatga olish o‘tkaziladi.

O‘zbekistonda so‘nggi marta aholini ro‘yxatga olish ishlari 1989 yilda o‘tkazilgan. Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasida aholini ro‘yxatga olish o‘tkazilmagan. Mamlakatimiz aholi sonini aniq hisoblab chiqish ularning jinsi, yoshi, oilaviy ahvoli, ma’lumoti, turmush darajasi, yashash sharoiti, bandligi, millati, fuqaroligi hamda boshqa demografik, ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlari bo‘yicha yagona ma’lumotlar bazasini yaratish maqsadida, davlatimiz rahbari tomonidan «O‘zbekiston Respublikasida Aholini ro‘yhatga olishni o‘tkazish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida» gi farmon imzolandi.

Aholini ro‘yxatga olish O‘zbekistonga qanday foyda keltiradi?

O‘zbekistonda aholini ro‘yxatga olish mamlakat fuqarolariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi bunga misol qilib maktab yoshidagi bolalar soni haqidagi ma’lumotlar maktab qurish bo‘yicha rejalarni muvofiqlashtirishga yordam beradi. Hududlar kesimida qaerda va qaysi sohada yangi ish o‘rinlariga ehtiyoj mavjudligi, qanday mutaxassislar kerakligini bilish uchun ishsizlar soni va ularning malaka darajasini bilish lozim. Favqulodda vaziyatlarda FVV xodimlari, shuningdek, shifokorlar aholini ro‘yxatga olish ma’lumotlari asosida zarur yordam ko‘lamini belgilaydi. Aholi soni va daromadi, uning turar-joyga bo‘lgan ehtiyoji to‘g‘risidagi ma’lumotlarga ega bo‘lgan holda, masalan, maishiy texnika ishlab chiqaradigan korxonalar ishlab chiqarish hajmini prognoz qilishlari mumkin, ularni import qiluvchi kompaniyalar esa xaridlarni rejalashtirishlari va zararni minimallashtirishlari mumkin. Aholini ro‘yxatga olish makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni kelgusi 10−20 yillik davrga prognoz qilish uchun ham zarur. Statistik ma’lumotlar manzilli dasturlarni ishlab chiqish, fuqarolar salomatligini mustahkamlash, oilalarga moddiy ko‘maklashishda muhim ahamiyatga ega.

Chust tumani yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish hamda iqtidorli yoshlarni aniqlash maqsadida yoshlar o‘rtasida sportning "Futbol" turi bo‘yicha DXX kubogi bo‘lib o‘tayotgan edi.Bugun tuman final bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.

Musobaqada bevosita Chust tuman hokimi o‘rinbosari Z.Boyboev Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi boshlig‘i Z.Nosiraliev va hamkor tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.

So‘ng besh tashabbus sport olimpiyadasi doirasida tanlov va musobaqalarda faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan yoshlar ham o‘yin yakunida taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tadi.

Final bosqichida Mashxad va Qoraqo‘rg‘on yoshlari bir birlariga musobaqa oldidan omad va zafarlar tilab qolishdi.

Qizg‘in o‘tayotgan baxsda yoshlar o‘z  iqtidorlarini namoyish etib, musobaqada g‘oliblikni qo‘lga kiritgan yoshlar, viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishadi.

 

Musobaqa davom etmoqda...

Shu yil 31 may kuni Chust shahridagi Mavlono Lutfulloh nomidagi istirohat bog‘ida soat 08:00 dan 12:00 ga qadar Namanganda davom etayotgan 63-xalqaro "Gullar festivali" doirasida "O‘zbegim palovi madaniyati" tanlovi o‘tkaziladi.

Unda;

"Eng yosh oshpaz",

"Eng yoshi ulug‘ ishtirokchi",

"Eng mazali o‘zbek taomi",

"Eng mazali kavatakli osh",

"Eng mazali sarimsoqpiyozli osh", "Faol ishtiroki uchun" kabi nominatsiyalar g‘oliblari munosib taqdirlanadi.

Keling, mohir oshpazlar jamlanadigan festivalda ishtirok etib, zavqlaning.