Tadbirkorlikka hech qanday to‘siq qolmasligi kerak

Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash orqali aholi bandligini ta'minlash va daromadli mehnatga jalb qilish bo‘yicha Chustlik tadbirkorlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tmoqda.

Ochiq muloqot shaqlida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda bank mijozlari faoliyatlarini rivojlantirish, ko‘proq va yaxshi ish o‘rinlari yaratish, yangi loyihalar uchun kreditlar ajratilishi, imtiyozli kreditlardan qanday foydalanish, kredit to‘lovlari, bank va mijozlar masalalari o‘rtaga tashlandi.

Uchrashuvda Respublika Mikrokredit bank boshqaruv raisi Bo‘taev Orif Aliboevich hamda Respublika Turonbank boshqaruv raisi Mirzaev Chori Sadivaqosovich, tuman hokimi o‘rinbosarlari, 200 nafardan ortiq tadbirkorlar va OAVlari ishtirok etmoqda.

Chust tuman Madaniyat markazi binosida Chust tuman hokimi hamda Respublika Agrobank raisi Mamatqulov Rustam O‘ktamovich tumandagi 300 yaqin tadbirkorlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda tadbirkorlarni qiynab kelayotgan muammolari va takliflari birma-bir tinglab, yechimi bo‘yicha mas’ullarga topshiriq va ko‘rsatmalar bermoqda.

2023- yil yakunlariga ko‘ra, Namangan viloyatida tashish va saqlash, axborot va aloqa xizmatlar sohasida 2 553,0 mlrd. so‘m miqdorda qo‘shilgan qiymat yaratilgan bo‘lib, bu korsatkich o‘tgan yilga nisbatan 15,1 % ga yuqoridir.

📊 2023- yil yakunlariga ko‘ra, Namangan viloyatida savdo, yashash va ovqatlanish xizmatlari sohasida 3 477,9 mlrd. so‘m miqdorda qo‘shilgan qiymat yaratilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich 2022- yilga nisbatan 9,1 % ga yuqori.