Chust tumanidagi 35-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida "Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z!" nomli bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Bayram tadbiri ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.
Bugun Chust tumanidagi 52-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida "Olam nurga to‘lsin, sen bilan Navro‘z" nomli bayram tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirga tuman hokimining o‘rinbosari Z. Boyboev, Maktabgacha va maktab ta'limi Chust tuman bo‘limi mudiri B. Sotimov, maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyachilar, ota-onalar, OAV vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda Navro‘z bayramini tarannum etuvchi kuy- qo‘shiqlar, yoshlarimizni milliy qadriyatlarimizga sadoqat ruhida tarbiyalashga xizmat qiluvchi sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.
Bayram tadbiri ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazildi.

Mazkur jarayon uch bosqichda amalga oshiriladi.
Birinchisi, tayyorgarlik bosqichi bo‘lib, uch yilga yaqin vaqt davom etadi.
Ikkinchisi, asosiy bosqich bo‘lib, bunda bevosita aholini ro‘yxatga olish amalga oshiriladi, ya’ni aholi to‘g‘risidagi ma’lumotlar yig‘iladi, nazorat tekshiruvi o‘tkaziladi va aholini ro‘yxatga olish materiallari topshiriladi. Bu taxminan ikki oy muddatni tashkil etadi.
So‘nggi bosqich qariyb uch yil davom etib, olingan ma’lumotlar kodlashtirish yordamida tahlil qilinib, natijalar e’lon qilinadi.Ro‘yxatga olish jarayonida to‘planadigan statistik ma’lumotlar yagona elektron axborotlar tizimiga kiritiladi. Ya’ni bundan bu yog‘iga qog‘ozbozlikdan voz kechib, zamonaviy texnologiyalarni joriy etishga e’tibor qaratiladi.O’zbekistonning mukammal kadastr xaritasi yaratiladiAholini ro‘yxatga olish barobarida yana bir muhim vazifani bajarish ko‘zda tutilgan. Bu hududlarni xaritalash, aholi punktlaridagi uylarning ro‘yxatini tuzish bilan bog‘liq masala.Turar va noturar joylarning aniq soni, holati, foydalanilmay yotgan yoki muddatini o‘tab bo‘lgan binolarni belgilab olish bilan tegishli hududlarda uy-joy, sanoat ob’ektlarni qurish va ta’mirlash masalalariga oydinlik kiritish mumkin bo‘ladi. Bir so‘z bilan aytganda, respublikaning yangi mukammal kadastr xaritasi yaratiladi.Reja aniq, vazifa mas’uliyatliKeyingi yilda mas’ul mutasaddilarni qaynoq ish jarayoni kutib turibdi. Ularni muvaffaqiyatli bajarish bilan viloyatning har bir shahari, tumanidan tortib mahallasiyu ko‘chasiga, chekka qishloq va olis ovullarigacha aloqador bo‘lgan barcha ma’lumotlarni o‘zida aks ettirgan yagona axborot bazasiga ega bo‘lamiz. Bu qimmatli ma’lumotlar esa bizga bugun, ertaga va yaqin kelajakda juda asqotadi.Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish maqsadida ishlab chiqilayotgan ko‘p yillik dasturlar, amalga oshirilayotgan tizimli o‘zgarishlar va belgilab olinayotgan rejalar manzil aniq bo‘lsagina, yuqori samara beradi. Demak, mazkur jarayon bilan shu choqqacha e’tibordan chetda qolib kelgan sohaga chinakam poydevor qo‘yiladi, deyish har jihatdan to‘g‘ri bo‘ladi.Aholini ro‘yxatga olish nima uchun kerak? U necha bosqichda o‘tkaziladi?Mazkur tadbir bizga nima beradi?Aholi sonini ro‘yxatga olish mamlakatda yashovchi barchaga tegishli bo‘lgan demografik, iqtisodiy va ijtimoiy ma’lumotlarni yig‘ish, umumlashtirish, baholash, tahlil va e’lon qilishning yagona jarayonidir. U aholi to‘g‘risidagi ma’lumotlarning asosiy manbai bo‘lib, kelgusi 10-20 yillik rivojlanishning prognoz ko‘rsatkichlarini hisoblash uchun ishonchli poydevor yaratadi. Aholi migratsiyasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar shakllantiriladi.O’z navbatida, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi bandligi, ayollar va bolalar salomatligini yaxshilash va oilalarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha dasturlarni manzilli ishlab chiqishda axborot tarzida foydalaniladi. Aholi sonini ishonchli hisoblash bo‘yicha rasmiy statistika tizimida asosiy rol o‘ynaydi.
Namangan viloyat sudi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay'ati raisi va sud'yalari tomonidan Chust tumani “Zarafshon” va “Do‘zanda” mahalla fuqarolar yig‘inlarida xotin-qizlarning huquqlarini himoya qilish masalasida huquqiy tadbirlar o‘tkazildi.
Namangan viloyat sudi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay'ati raisi va sud'yalari tomonidan Chust tumani “Zarafshon” va “Do‘zanda” mahalla fuqarolar yig‘inlarida xotin-qizlarning huquqlarini himoya qilish masalasida huquqiy tadbirlar o‘tkazildi.Tadbirlarda Asosiy qonunimiz bo‘lgan Konstitusiyamizning 76-moddasida Oila jamiyatning asosiy bo‘g‘ini ekanligi hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo‘lish huquqiga ega ekanligi alohida e'tirof etilganligi ko‘rsatib o‘tildi.
2023 yil davomida viloyatimizda fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan yetti mingga yaqin xotin-qizlarning oilaviy, uy-joy, mehnat, aliment va moddiy ta'minot olishga oid huquqlari tiklandi.Biroq, jamiyatimizda qonunsiz nikoh asosida turmush qurgan xotin-qizlarning oiladagi huquqlari birmuncha cheklangan holda bo‘ladi. Bunday xotin-qizlar farzandlariga tug‘ilganlik guvohnomalarini olishda, uy-joyga bo‘lgan bo‘lgan huquqlarini himoya qilishda, turmush o‘rtog‘ining mulkidan meros olishda muammolarga duch kelmoqdalar. Shu sababli xotin-qizlar turmush qurishda nikohni qonuniy rasmiylashtirishlari lozim bo‘ladi. Shu bilan birga er-xotinlarga nikoh shartnomasini tuzishlari yuzasidan maslahatlar berildi. Nikohlanuvchi shaxslarning yoki er va xotinning nikohda bo‘lgan davrida va (yoki) er va xotin nikohdan ajratilgan taqdirda ularning mulkiy huquq hamda majburiyatlarini belgilovchi kelishuvi nikoh shartnomasi deb hisoblanadi.Mazkur shartnomani tuzish orqali er-xotin o‘zining mulkiy huquqlari himoyasini kafolatlaydi. Nikoh shartnomasining tuzilishi nikoh tugatilgandan keyin ham sobiq er-xotinlar o‘rtasidagi mulkiy munosabatlarni tartibga solishda muhimdir. Ya'ni, shartnomada mulkiy munosabatlarga oid qoidalarning batafsil aks ettirilishi keyinchalik yuzaga keladigan mulk bilan bog‘liq nizolar, kelishmovchiliklarni sudgacha, tinch yo‘l bilan hal etish imkoniyatini yaratib, sudlashib yurishning oldi olinadi. Tadbirlar davomida jamiyatimizda ko‘plab ayollarni oilaviy zo‘ravonlikka uchrash holatlari uchrab turganligi ham qayd etib o‘tildi. O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 2 sentyabrdagi “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunida oilaviy zo‘ravonlik deganda nafaqat jismoniy zo‘ravonlikni, balki jinsiy, iqtisodiy ruhiy va ma'naviy zo‘ravonlik ham nazarda tutilgan. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga kiritilgan yangi 1261-moddada oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik uchun jazo choralari kuchaytirildi. Bunday harakatlar shaxsni qo‘rqitish, unga rahmsiz muomala qilish yoki uning sha'ni va qadr-qimmatini muttasil ravishda kamsitish natijasida sodir qilinmoqda. Viloyatimizda oilaviy zo‘ravonlikga uchragan xotin-qizlarning hisobi olib borilmoqda. Ularga huquqni muxofaza qilish idoralari (IIB) tomonidan himoya orderlari berilib, moddiy, ma'naviy va psixologik yordamlar ko‘rsatilmoqda.Tadbirlar davomida fuqarolardan kelib tushgan savollarga sud'yalar tomonidan batafsil javoblar berildi hamda mavzular bo‘yicha viloyat sudi tomonidan ishlab chiqilgan huquqiy qo‘llanmalar tarqatildi.
Namangan viloyatsudining sud'yasi G‘ayratali Darvishaliev




















