Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent viloyat boshqarmasi tomonidan IIB va gaz ta’minoti bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda Zangiota tumanida yashovchi A.N. va E.Yu. o‘z uylarida tashkil qilgan issiqxonani o‘g‘irlik yo‘li bilan o‘rta bosimli gaz quvuriga rezina shlang yordamida o‘zboshimchalik bilan ulab olishib, jami 351,6 mln so‘mlik tabiiy gazni o‘g‘irlaganliklari aniqlangan.
Shu kabi, Departamentning Chust tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Ch.B.” xususiy korxonasiga qarashli choyxona tuman gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan tarmoqdan uzilgan bo‘lsada, korxona rahbari J.A. gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan qayta ulanib, 97 mln so‘mlik tabiiy gazdan o‘g‘irlik yo‘li bilan foydalanganligi aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev boshchiligida
2023-yil 22-dekabr kuni o‘tkazilgan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat Kengashi yig‘ilishida bergan topshiriqlari ijrosi mahallalarida “Yangi hayot uchun- Yangi O‘zbekiston uchun!”shiori ostida “Mahallada duv-duv gap” ma’naviy-ma’rifiy va madaniy-musiqiy tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Ayni shu maqsadda 9-yanvar kuni Chust tumani G‘ova qishlog‘idagi “Tinchlik, Yuqori, Yangi hayot, G‘ovasoy sohili kabi MFYlarda“ Yangi hayot uchun- Yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida “Mahallada duv-duv gap”ma’naviy-ma’rifiy tadbirlari o‘tkazildi. Unda ma’naviyat fidoyilari, madaniyat xodimlari shoirlar, va yoshlar ishtirok etishdi.
Yangi O‘zbekistonni bunyod etish yo‘lida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohatlar hamda erishilayotgan yutuqlarni xalqimizga aniq, hayotiy misollar va dalillar orqali sodda va tushunarli shakllarda yetkazish, aholini kayfiyatini ko‘tarish va dahldorligini oshirishdan iboratdir.
Chust tumanidagi barcha 72 ta mahallalarida ushbu tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda.
📊 2023- yilning yanvar-noyabr oylarida Chust tumanining chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 1 trln. 308,3 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2022- yilning mos davriga nisbatan 2,7 % ga ko‘paygan.
👨👩👦👦 Aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan chakana savdo tovar aylanmasi esa 4 mln 642,6 ming so‘mni tashkil etgan.
Aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish ishlari keng qamrovli tadbir bo‘lib, ketma-ket hamda bir vaqtning o‘zida tegishli tadbirlarni amalga oshirish mumkin bo‘lgan bosqichlarni o‘z ichiga oladi, ya’ni:
1- bosqichda (3 yilgacha bo‘lgan muddat)
2-bosqichda (10 kundan 60 kungacha bo‘lgan davr)
3-bosqichda (2 yildan 3 yilgacha bo‘lgan davr)
Birlamchi ma’lumotlarni kiritish, kodlashtirish, nazorat va tahrir qilish ishlari amalga oshiriladi;aholini ro‘yxatga olish bo‘yicha dastlabki natijalar olinadi;aholini ro‘yxatga olish tadbiri natijalarini e’lon qilish va ularni tarqatish ishlari amalga oshiriladi.












