Mamnuniyat bilan Chust tuman iqtisodiyot va moliya bo'limi Tashabbusli budjet jarayonining 2024 yilgi 1-mavsumi 1-fevraldan boshlab o'tkazilishini ma'lum qilamiz.
Bunga ko'ra,1- bosqich: Fuqarolar tomonidan loyihalarni shakllantirish jarayonlari 01.02.2024- 20.02.2024 davomida;
2 - bosqich: Loyihalarni maxsus komissiya tomonidan saralab olish jarayonlari 21.02.2024- 11.03.2024 davomida;
3 - bosqich: Loyihalarga ovoz berish jarayonlari 12.03.2024- 01.04.2024 davomida o'tkaziladi.
O'z hududingizdagi mavjud muammolarni hal etish yuzasidan tashabbus ko'rsating, faol bo'ling!
Chust tuman hokimi o‘rinbosarlari D.Abdullaev, M.Mirzaliev, D.O‘rinova, Z.Boyboevlar 1-sektor hududidagi Guliston va Navro‘z mahalla yoshlari va fuqarolari qabuli o‘tkazildi.
Qabulda tuman hokimining o‘rinbosarlari, hudud hokim yordamchilari, korxona, tashkilot rahbarlari va mahallaning 20 dan ziyod yoshlari va fuqarolari ishtirok etishdi.
Ochiq muloqotda fuqarolar ko‘mir, suyultirilgan gaz balon, yo‘l, ish bilan ta’minlash, shag‘allashtirish, tibbiy-ijtimoiy yordam va boshqa o‘zlarini qiynayotgan masalalar bo‘yicha murojaat qilishdi.
Barcha murojaatlar tegishli tartibda ro‘yxatga olindi, 10 nafar fuqarolarning murojaatlari joyida hal etildi, ayrim murojaatlar huquqiy maslahat va tushunchalar bilan qoniqtirildi. Muddat talab etiluvchi murojaatlar esa hal etish uchun tegishli mutasaddilarga biriktirilib, nazoratga olindi.
14 yanvar – “Vatan himoyachilari kuni va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligi”
Shu kunlarda butun xalqimiz, mamlakatimiz hayotidagi buyuk tarixiy sanani bayram qilmoqda. Ya’ni 14 yanvar – “Vatan himoyachilari kuni va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligi” yurtimizda keng nishonlanmoqda.
Ana shu qutlug‘ ayyom Chust tumanida ham keng nishonlandi.
Tadbirga tuman hokimi B.Xamdamov, sektor rahbarlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, tuman mudofaa bo‘limi, harbiy qism rahbarlari va bir qator harbiy xizmatchilar ishtirok etdi.
"Tinchlik - osoyishtalik hukm surgan joyda ezgu ishlar hamisha bardavomdir. Bu hayotiy haqiqatni xalqimiz istiqlol yillarida barcha sohada amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, jumladan, millatlararo totuvlik, hamjihatlik, olijanoblik va mehr-oqibat kabi insoniy tuyg‘ular har qachongidan yuksak cho‘qqilarga ko‘tarilib, osmonimiz musaffoligini asarab-avaylash, iqtisodiyotimizni rivojlantirish, aholi turmush farovonligini yuksaltirish yo‘lidagi beqiyos sa’yi-harakatlar misolida yanada teranroq anglab yetmoqda. Ana shu yutuqlarimizda bugungi zamon talablari asosida shakllantirilgan qurolli kuchlarimizning ham aloxida o‘rni bor. Chunki milliy armiyamiz yurtimiz mustaqilligi, uning xavfsizligi va hududiy yaxlitligining ishonchli kafolatidir.
Bugungi kunda davlatimiz mudofaa qudratini har tomonlama oshirish yetuk va malakali harbiy kadrlarni tayyorlashga, Vatan himoyachilari, ularning oilalari uchun munosib hayot sharoitlarini yaratishga katta e’tibor qaratilmoqda. Harbiy xizmatchilarning oila a’zolari uchun qo‘shimcha ravishda ko‘plab yangi ish o‘rinlari yaratildi. Harbiy xizmatchilarning farzandlariga oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olishlari uchun davlat grantlari ajratildi. Shuningdek, harbiy shaharchalarni obod qilish ularning hududida zamonaviy infratuzilmalar barpo etish bo‘yicha olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Milliy armiyamizning zamonaviy qurol-texnika bilan bosqichma-bosqich ta’minlanishi, uning tarkibi va tuzilishidagi o‘zgarishlar, qurolli to‘qnashuvlarning o‘zgarib borayotgan xususiyatini hisobga olgan holla, mutaxassislar tarkibi, harbiy fan o‘qitishning metod va texnologiyalari hamda o‘quv dasturlari ro‘yxatini doimiy tarzda yangilab ular kiritib borayotganligi, milliy armiyamiz shaxsiy tarkibini jangovar tayyorgarligini oshirib bormoqda. Islohotlar jarayonida Qurolli Kuchlar safini to‘ldirish, muddatli harbiy xizmatni o‘tash tizimi ham tubdan yaxshilandi. Bugungi kunda muddatli harbiy xizmatga chaqirilayotgan yoshlar avvalgi yillardagidan mutlaqo farq qiladi. Hozirgi vaqtda mustaqillik yillarida tug‘ilib voyaga yetgan, mamlaktimizdagi akademik litsey hamda kasb-hunar maktablarida eng zamonaviy ta’lim-tarbiya olgan yigitlar armiya saflariga kirib kelmoqda. Ular axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, xorijiy tillarni puxta biladi. Eng asosiysi, hayot haqida o‘zining mustaqil fikri va qarashiga, ahloqiy-ma’naviy qadriyatlariga ega. Bunday salohiyatli yoshlar xalqimizning ishonchi va tayanchidir.
Bugun dunyoning olis va yaqin mintaqalarida murakkab siyosiy mojaro va to‘qnashuvlar davom etayotgan bir paytda jonajon O‘zbekistonimizda tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash borasidagi ishlarimizni yanada samarali tashkil etishimiz shart. Hech shubxasiz birgalikdagi say-harakatimiz bilan ana shunday ezgu maqsad va marralarga erishishga, xalqimizning tinch mehnati, osoyishta xayotini, yurtimizni musaffo osmonini ko‘z qorachig‘idek asrab avaylashga har tomonlama qodirmiz.
Mard va jasur Vatan himoyachilari!
Sizlarning bugun shon-sharaf ayyomi Vatan himoyachilari kuni bilan yana bir bor tabriklayman. Sizlarga sihat-salomatlik, oilaviy baxt, oliyjanob va mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan yutuqlar tilayman!" dedi tuman hokimi B.Xamdamov
Shuningdek, tuman xokimi B.Xamdamov bir qator harbiy xizmatchilarni , ularni ota-onalarini, harbiy qismlarni ushbu tadbir bilan qutlab qimmatbaho sovg‘alar hamda tashakkurnomalar bilan taqdirladi.
Ayni damda Chust tumani Madaniyat markazi majlislar zalida mahallani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tuman kengashi tashkiliy yig‘ilishida ishtirok etish uchun delegatlarni saylash yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
Tadbirda tuman hokimi, sektorlar rahbarlari, keng jamoatchilik va OAV vakillari ishtirok etmoqda.
Yig‘ilishda so‘z olganlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 21 dekabrdagi “Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi bo‘g‘in sifatida ishlashini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-209-son Farmoni hamda “O‘zbekiston mahallalari uyushmasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish va mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-402-son Qarori mazmun-mohiyati tushintirilmoqda.
Yig‘ilish davom etmoqda.


























