Janubiy Koreya davlatining BUYEO shahri delegatsiya a’zolari Chust tumaniga tashrif buyurdi.

Delegatsiya a’zolarini Chust tuman hokimi B.Xamdamov kutib oldi.

Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad, ikki hamkor shaharlar o‘rtasida 2024 yil uchun oldindan belgilangan qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshiriladi.

Jumladan;- chorva hayvonlari uchun Korea texnologiyasi asosida standart innovatsion texnologiyalar orqali to‘yingan ozuqa yem ishlab chiqarish;- sholichilik yo‘nalishida innovatsion texnologiyalar asosida yangi tajribani joriy qilish;- yetishtiriladigan qishloq xo‘jaligida o‘simliklarni genelogiyasini aniqlash, urug‘, tuproq, suv tegishli laboratoriya tahlillarini olib borish;-“Smart-farm” (smart issiqxona) tashkil etish yuzasidan MЕMORANDUM imzolandi.

Shuningdek, kelgusida loyihalarni jadallashtirish va mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha kelishib olindi.

Bunda Chust tuman "Barkamol avlod" bolalar maktabi "Mental arifmetika" tugaragining 5 nafar a'zolari faxrli urinlarni egallab sertifikat hamda Turkiya davlatida bo'lib utadigon musobaqaga 10 va 50%lik yullanmani qulga kiritib qaytishdi.

1.Ismoilov Bexruz Oliy o'rin oʻrin 10% Yo'llanma

2.Aliyev Odilbek oliy o'rin 50% Yo'llanma

3.Tolibjonov Latifbek 1-o'rin 10% Yo'llanma

4.Faxriddinov Abubakr 1-o'rin 10% Yo'llanma

5.Sharifjonov Jasurbek 2-o'rin 10% Yo'llanma

Mahalla xalq bilan davlat oʼrtasidagi koʼprik boʼlishi kerak. Odamlarning quvonch-u tashvishidan doimo xabardor boʼlish mahallaning vazifasidir.

 Sh.Mirziyoev

Yigʼilishda tuman hokimi B.Xamdamov, sektor rahbarlari, hokim oʼrinbosarlari, hamkor tashkilot rahbarlar, mahalla raislari, hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari, xotin-qizlar faollari, profilaktika inspektorlari, ijtimoiy xizmat xodimlari ishtirok etishdi.

Yigʼilishning kun tartibida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi boʼgʼin sifatida ishlashini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi PF-209-son Farmoni hamda “Oʼzbekiston mahallalari uyushmasi faoliyatini yoʼlga qoʼyish va mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirishga oid qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi PQ-402-son qarorlari ijrosini bajarish, har bir mahalla yettiligini 2024 yillik ish rejalarini belgilab olish toʼgʼrisida.

Yigʼilish davomida tuman hokimi B.Xamdamov va sektor rahbarlari tomonidan har bir mahalla yettiligini vazifalarini birma-bir toʼxtalib, mahalla yettiligi yil davomida qanday ishlarni amalga oshirish kerakligini ega-kesimi bilan tushuntirildi.

Har bir masʼulni kunlik vazifalari nazorat qilinishi, bajarilgan ishlar yuzasidan har bir mahalla oʼz hisobot berilishi yuzasidan kelishib olindi.

 Yuqoridagi vazifalar yuzasidan tegishli masʼullarga topshiriqlar va koʼrsatmalar berildi.

🗓 2023-yil yakunlari boʻyicha yillik 1-kb shakli, 1-fx shakli hamda 1-mehnat shakli statistika hisobotlarini taqdim etuvchi tadbirkorlik subyektlariga hisobotlarini taqdim etishda uslubiy yordam berish maqsadida, Statistika agentligi tomonidan “On-line” muloqot tashkil etiladi.

✅ “Оn-line” muloqotda 1-kb shakli, 1-fx shakli hamda 1-mehnat shakli hisobotlarining har bir boʻlimi, ulardagi koʻrsatkichlar boʻyicha savollarga javob beriladi.

✅ O‘z navbatida, “On-line” muloqotlar "Zoom" platformasi orqali (https://us06web.zoom.us/j/82409693261?pwd=CeEHi9Zzb01aJ97v9n5AbpyqZ2eEf7.1) 2024-yilning 29-yanvaridan 27-fevral kuniga qadar haftaning dushanba, chorshanba va juma kunlari soat 10:00 dan 11:30 ga qadar tashkil etiladi.

✅ Eslatib oʻtamiz, 1- mehnat shakli statistika hisobotini taqdim etish muddati 2024-yilning 1-fevral sanasida hamda 1- kb shakli va 1- fx shakli statistika hisobotlarini taqdim etish muddati 2024-yilning 27-fevral sanasida yakunlanadi.